"Real" uni yana ijaraga berib yuboradi

  • 15 iyun, 2021, 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi rahbariyati ukrainalik darvozabon Andrey Luninni yana ijaraga berib yubormoqchi. Ular buni Andrey muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun amalga oshirishmoqchi.

Tecno

“Meta Sport” nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli posbonning yangi manzili "Kadis" klubi bo‘lishi mumkin. Luninning ketishiga shaxsan klub prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Karlo Anchelotti ruxsat bergan.

Lunin o‘tgan mavsum faqatgina "Alkoyano"ga (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi bahsida maydonga tushdi xolos.

"Real" bunga qadar Andreyni "Leganes", "Valyadolid" va "Ovedo" klublariga ijaraga bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!