“Real” va “Barsa” futbolchilari bir jamoada o‘ynaydi

  • 22 mart, 2021, 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” rahbariyati kelasi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashi maqsadida yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaradigan bo‘ldi.

Tecno

Londonliklar buning uchun “Real” va “Barselona” futbolchilarini Angliyaga ko‘chirib kelmoqchi. Madridliklardan Lukas Vaskes va “Barselona”dan Samyuel Umtitini transfer qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Lukas Vaskes “Qirollik klubi” bilan bitimni uzaytirishga ko‘nmadi va yozda erkin agent sifatida o‘ziga jamoa tanlaydi.

“Tottenxem” prezidenti Daniel Levi markaziy himoyani mustahkamlash maqsadida Samyuel Umtitining transferini to‘lig‘icha sotib olmoqchi. Kataloniyaliklar yozda bir necha futbolchilar qatorida frantsiyalik himoyachini ham transferga qo‘yishi kutilyapti. 2018 yili jahon chempioni bo‘lgan Umtitining transferini yozda 35 million evroga hal qilish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!