
"Real" va "Barsa" nishonidagi yulduzni "Manchester Siti" ilib ketmoqchi
"Manchester Siti" navbatdagi transfer oynasi davomida o‘z safiga saviyali hujumchi sotib olmoqchi.
"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, manchesterliklar markaziy hujum chizig‘ini kuchaytirishni niyat qilgan. Asosiy nomzod sifatida Erling Xoland ko‘rilmoqda. Klub u bilan yaqin kunlarda shartnoma imzolab, uni keyinroq e’lon qilishi mumkin.
Norvegiyalik forvard uchun kurashda asosiy raqobatchi "Real" hisoblanadi. Shuningdek, ba’zi manbalar "Barselona"ning ham Xolandga da’vo qilishini taxmin qilmoqda. Xoland transferi o‘xshamasa, "shaharliklar" Dushan Vlaxovich va Aleksandr Isakdan birini olib kelishi mumkin.
Avvalroq, Erling faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Uning transfer narxi 150 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar