"Real" va "Barsa"ning Saudiya Arabistonida bo‘ladigan Ispaniya superkubogidagi raqiblari ma’lum

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya superkubogining yarim final bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, "Real" Madrid "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi. Yana bir juftlik "Barselona" va "Betis" jamoalaridan tashkil topdi. 

Bellashuvlar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. "Real" 11 yanvar sanasida o‘z o‘yinini o‘tkazsa, "Barselona" ertasiga maydonga tushadi. 

G‘olib jamoalar finalda superkubok uchun kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!