"Real" va "Barselona" futbolchilari "Yuventus"da birga o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Agar "Yuventus" o‘z maqsadiga etib, o‘zi ko‘zlagan futbolchilarni qo‘lga kirita olsa "Real" a’zosi Toni Kroos va "Barselona" vakili Ivan Rakitich birgalikda Turin klubi sharafini himoya qilishi mumkin. Shuningdek, Italiyaning bugungi kundagi eng kuchli klubi Frantsiya chempionatida PSJ sharafini himoya qilayotgan Marko Verrattiga ham qiziqish bildirmoqda. 

Biroq transfer olamini kuzatib borayotgan mutaxassislar "Yuventus"ning orzulari ushalmasligini ta’kidlamoqda. Chunki Toni Kroos yaqinda "Real" bilan shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirdi va faoliyatini Madridda davom ettirishni istamoqda. o‘z navbatida Verratti ham PSJ bilan 2021 yilgacha yangi bitim tuzdi. Ivan Rakitich esa "Barselona" bilan yangi kelishuvni rasmiylashtirish arafasida turibdi. 

"Yuventus" rahbariyati esa hamon "Manchester Yunayted"ga o‘tib ketgan Pol Pogbaning o‘rnini bosishga qodir yarim himoyachi qidirmoqda. 

SPORTS.uz
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!