"Real" va "Bavariya" "Chelsi" futbolchisiga ko‘z tikkan

  • 14.12.2021 20:50
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, futbolchi va klub rasmiylari o‘rtasida shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. Ammo tomonlar haligacha kelishuvga erisha olmayapti.

Germaniyalik himoyachi o‘z omadini boshqa jamoa tarkibida sinab ko‘rishga qarshi emas. Uning xizmatiga "Real" va "Bavariya"dan qiziqish bor. Har ikki xaridor uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

28 yoshli Ryudiger 2017 yildan beri "aristokratlar" sharafini himoya qilib keladi. Uning transfer narxi 35 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SIROJ BO'RIYEV
14/12/2021 21:13
Zor himoyachi lekin qaysi klubga ôtsa ham katta maosh soraydi