"Real" va "Manchester Siti" bir futbolchi uchun kurash boshladi

  • 12 may, 2020, 10:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va "Manchester Siti" klublari "Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Fussball News nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispan va ingliz grandlari 23 yoshli frantsuz futbolchisini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. “Shaharliklar” Komanni “Bavariya”ga o‘tishi kutilayotgan Leroy Saneni o‘rnini egallashi mumkin deb hisoblaydi.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Komanga “Barselona”dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kingsli Koman joriy mavsum “Bavariya” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!