
"Real" Viniisiusga qilingan irqchilik masalasi bo‘yicha prokuraturaga murojaat qildi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior yakshanba oqshomida La Liga doirasida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda yana irqchilikka duch keldi.
"Qirollik klubi" sodir bo‘lgan voqeaga chidash niyatida emas - "qaymoqranglilar" prokuraturaga murojaat qildi. Bu haqda "Real" Madrid klubi sayti xabar bermoqda. Madridliklar tergov va aybdorlar jazolanishiga umid qilmoqda.
Anchelotti shogirdlari safarda "Valensiya"ga minimal 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Uchrashuv yakunida Vinisius qizil kartochka oldi.
Ispaniya chempionati yakunlanishiga uch tur qolganida “Real” turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar