
"Real" Vinisius va Yovichning gollari evaziga g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Real" Madrid - "Real Sosedad" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 47-daqiqasida Vinisius Junior hisobni ochdi. 57-daqiqada Luka Yovich oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Ushbu natijadan so‘ng "qaymoqranglilar" hisobidagi ochkolar sonini 39 taga etkazib qo‘ydi va La Ligada yaqqol peshqadamga aylanib oldi. 29 ochkoga ega "Real Sosedad" esa 5-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar