
"Real" voz kechgan futbolchiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirmoqda
“Arsenal” “Chelsi” klubi hujumchisi Kay Xavertsni sotib olishdan umidini uzmayapti.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "kanonirlar" boshliqlari germaniyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda. Biroq premer-liga kumush medali sohiblari 75 million funt sterlinglik shartnomani yopish imkoniyatiga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchiga yozda "Real", "Bavariya" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirgan edi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, "aristokratlar" bilan shartnomasi 2025 yilda tugaydigan hujumchining narxi 60 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar