“Real” xo‘jayini mavsum nega barbod bo‘lganini aytdi
Madridning “Real” klubi rahbari Florentino Peres 2025/2026 yildgi mavsumda jamoaning muvaffaqiyatsiz natijalari sabablari haqida fikr bildirdi. O‘tgan mavsumda Ispaniya grandi birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmagan.
- Mavsumdagi xatolarmi? Men doim aytamaniki, futbolda va umuman sportda har doim ham g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Biz kutilgan natijalarga erisha olmadik, ammo muammolarni aniqladik.
Jamoa klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sababli mavsumoldi tayyorgarligini o‘tkaza olmadi va bu butun yil davomida bizga xalaqit berdi. Mavsumning birinchi yarmida qariyb 30 ta jarohat kuzatildi, ularning ayrimlari uzoq muddatli edi va bu hal qiluvchi omilga aylandi.
Bu futbolchilar yoki murabbiylarning aybi emas. Barcha shu holatlar tufayli maqsadlarimizga yeta olmadik va yangi mavsum chaqiriqlarini engib o‘tish uchun allaqachon ish boshlab yuborganmiz, - dedi Peres.
Avvalroq, Madridning “Real” klubi prezidentlik saylovlari sanasini e’lon qilgan bo‘lib, ular 7 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Saylovda ikki nomzod ishtirok etadi – amaldagi prezident Florentino Peres va ispaniyalik biznesmen Enrique Rikelme.

Fikrlar