“Real” xo‘jayinlari Anchelottiga yana norozilik bildirdi. Karlo bilganidan qolmayapti

  • 3 oktabr, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Eduardo Kamavinganing pozitsiyasini o‘zgartirganidan norozi bo‘lyapti.

Tecno

Ispaniyalik jurnalist Xorxe Pikonning yozishicha, italiyalik murabbiy frantsiyalik futbolchini chap qanot himoyasida o‘ynatayotgani klub xo‘jayinlariga yoqmayapti.

Qolaversa, asl pozitsiyasi tayanch yarim himoyachisi bo‘lgan Kamavinganing o‘ziga ham chap qanot himoyachisi vazifasini bajarish ma’qul kelmayapti.

Karlo Anchelotti esa, o‘z fikridan qaytmoqchi emas. U futbolchini o‘zi ma’qul ko‘rgan joyda o‘ynatishda davom etyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!