
"Real" Xoland masalasida qat’iy qarorga keldi
“Real” klubi rahbariyati Norvegiya terma jamoasi va Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Marca muxbiri Xose Feliks Dias.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" Xolandni shu yozda qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qilgan. Qayd etilishicha, shartnoma 6 yilga imzolanadi va ushbu transfer summasi barcha to‘lovlar va maoshlarni hisobga olgan holda 350 million evroni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘larning 130 millioni shu yozda to‘lanadi.
Qayd etilishicha, “Barselona” hech qachon “Real” tomonidan futbolchi uchun kurashda jiddiy raqib sifatida qabul qilinmagan va asosiy raqib “Manchester Siti” hisoblanadi. Ammo Madrid va Dortmund klublari o‘rtasida hammasi kelishilgan. Muammo agentning komissiyasida bo‘lishi mumkin, ammo "Real" bu muammolarni engib o‘tish mumkin deb hisoblaydi.
Klub haqiqatan ham futbolchining jarohatidan xavotirda edi, biroq ular shifokorlardan Erlingning jarohatlari surunkali emasligiga ishonch hosil qilishdi.
Fikrlar