
«Real» Xoland transferi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi
Madridning «Real» klubi hujumchi Erling Xolandni sotib olishga qiziqmayapti.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan bandga amal qilishga majbur. Ya’ni 2024 yildagina «shaharliklar» futbolchini klubdan ozod qilib yuborishi mumkin, shu sababli «qirollik klubi» Erlingning transferini hozircha ustuvor vazifa deb hisoblamayapti.
Buning ustiga klub uning jarohatidan xavotirda, ammo transfer masalasi uchun undan ham kattaroq to‘siq mavjud - bu hujumchining maoshi. U «Real Madrid»ga juda baland takliflar bilan chiqishi kutilmoqda.
22 yoshli hujumchi joriy mavsum «Manchester Siti» safida barcha turnirlar doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar