"Real" Xoland va Mbappening o‘rniga APLdan munosib variant topdi

  • 23 mart, 2021, 21:32
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi uzoq vaqtdan beri markaziy hujumchi pozitsiyasiga nomzod izlayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kilian Mbappe hamda Erling Xolanddan biri Madridga kelishi haqida gap-so‘zlar aylanmoqda. O‘z navbatida, futbolchilar ham "qaymoqranglilar" libosini kiyishga qarshi emasligi aytilyapti.

"Cadena ser" nashrining xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" yuqoridagi ikki yosh yulduzni xarid qila olmasa, bor e’tiborini "Tottenxem" hujumchisiga qaratadi. Ma’lum bo‘lishicha, Peres Xarri Keynni Madridga olib kelishi mumkin. Ma’lumot uchun, "Real" bir necha yillar avval ham ingliz forvardini sotib olishga harakat qilgandi.

27 yoshli futbolchining "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
kenjebaev
23/03/2021 22:19
Инглизлар Реалда зўр ўйнаб кетганини топиш қийин