
"Real" yangi futbolchisini rasman ommaga tanishtirdi (foto)
Bugun Madridning “Real” klubi o‘zining yozgi transferlardagi xaridlaridan birini rasman ommaga tanishtirdi. Aniqrog‘i, “Betis”dan “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tgan Dani Sebalosa bugun klub prezidenti qo‘lidan tantanali ravishda 24-raqamdagi libosni qabul qilib oldi.
“Menga ishonch bildirgani uchun Florentino Peresga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men “Real”ga rad javobini berolmadim. Chunki, bolaligimdan ushbu jamoada o‘ynashni orzu qilib kelardim. Men klub uchun borimni berishga tayyorman va jamoa tarixida o‘z ismimni qoldirishga harakat qilaman”, - deydi 20 yoshli futbolchi madridliklar matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Fikrlar