"Real" yangi yulduzni ko‘zlayapti
“Real” klubi “Borussiya”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Jovanni Reynaga jiddiy qiziqmoqda.
Amerikalik futbolchi dortmundliklar tarkibiga o‘tgan yili yozda “Nyu-York Siti” akademiyasidan olib kelingan edi. O‘tgan mavsumda yosh futbolchi “Borussiya” tarkibida 18 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Yangi mavsumda uning ko‘rsatkichlari keskin ko‘tarildi. Reyna bu gal beshta o‘yinda ikkita gol urib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi. Bu natijalar “Qirollik klubi” skautlari nazaridan chetda qolmadi va ular vunderkindni kuzatishda davom etmoqda.
Reynaning “Borussiya” bilan shartnomasi 2021 yilning iyuligacha davom etadi. Uning bugungi kundagi transfer summasi 15 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar