
"Real" Yovichni yana yo‘qotdi
"Real" Madrid klubi hujumchisi Luka Yovich jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli serbiyalik futbolchi mushaklarida og‘riq his qilmoqd. Shu bois u hozirda yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
“Qirollik klubi” rahbariyati Yovichni sotib yuborish haqida o‘ylamoqda. Ammo uni 63 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Aytish kerakki, “Rela” 2019 yilda Yovichni "Ayntraxt"dan xuddi shu narxga sotib olgan edi.
Luka Yovich o‘tgan mavsum "Real" safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. U mavsumning ikkinchi qismini "Ayntraxt" safida ijarada o‘tkazdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar