"Real" yozda 2 ta super hujumchidan birini sotib oladi
Madridning “Real” klubi 2 ta super hujumchi o‘rtasida tanlov amalga oshirmoqda. Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” mavsumlar oralig‘ida Xarri Keyn ("Tottenxem") va Erlinga Xolanddan ("Borussiya D") birini tarkibga jalb etmoqchi.
26 yoshli Keyn bu mavsum “shporlar” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning ayni damdagi transfer narxi 120 mln evroga baholanmoqda.
19 yoshli Xoland esa “Borussiya” safiga qishki transferlar paytida ko‘chib o‘tdi va shundan buyon 11 ta o‘yinda 12 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 72 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar