
"Real" yozda APL yulduzini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi 2023 yilning yozida "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezusni sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda "SunSport" nashri.
Braziliyalikning "kanonirlar" tarkibiga kelib qo‘shilishi eng yaxshi transferlardan biri bo‘ldi. Klubning Premer ligada ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishida hujumchining hissasi katta.
Jezus ushbu mavsum barcha chempionatlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar