"Real" yozda APLdan bir yo‘la 3 futbolchini olib kelmoqchi

  • 28 aprel, 15:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marca" nashri ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi o‘ng va chap qanot himoyachilarini hamda bir yarim himoyachini transfer qilish ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, markaziy himoyachi ham olinishi mumkin — klub rahbariyati David Alaba, Eder Militao va Antonio Ryudigerning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirlarga ega.

Tecno

"Real"ning asosiy maqsadi — "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni olib kelish. Klub rahbariyati Trentning jamoaga qo‘shilishini deyarli kafolatlangan deb hisoblamoqda. Agar "Liverpul" rozilik bersa, u hatto 1–10 iyun oralig‘idagi qo‘shimcha transfer oynasida "Real" safida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham o‘ynashi mumkin.

Shuningdek, "Bornmut" futbolchisi Milosh Kerkez nomzodi ham muhokama qilinmoqda. So‘nggi haftalarda madridliklar 21 yoshli himoyachining o‘sishini diqqat bilan kuzatmoqda. Yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun esa mersesaydliklarning boshqa futbolchisi Aleksis Makkallister nomi tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!