
"Real" yozda futbolchilar sotuvidan 500 mln evro ishlab olmoqchi
Madridning “Real” klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida nafaqat futbolchi sotib olish, balki, futbolchi sotishda ham faol bo‘ladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” mavsumlar oralig‘ida Garet Beyl (100 mln), Toni Kroos (80 mln), Xames Rodriges (80 mln), Isko (60 mln), Mateo Kovachich (50 mln), Mariano Dias (30 mln) va Xesus Valexo (30 mln) kabi futbolchilarini transferga qo‘ymoqchi va bundan taxminan 500 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” rahbariyati jamoa boshqaruviga qaytgan Zinedin Zidanga yangi transferlar uchun 500 mln evro ajratishi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar