"Real" yozda kimni sotib olishi ma’lum bo‘ldi
Madridning "Real" klubi kelasi yozda "Komo"dan yarim himoyachi Niko Pasni sotib olmoqchi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" o‘z akademiyasi bitiruvchisini 9 mln evroga qaytarishi mumkin. Shu bilan birga, boshqa klublarda Ispaniya grandiga xalaqit berish imkoniyati bo‘lmaydi. Ta’kidlanishicha, "qaymoqranglilar" xavbekni qaytadan sotishni rejalashtirmayapti.
Argentinalik futbolchi 2024 yilning yozida "Real"dan "Komo"ga o‘tgandi. Joriy mavsumda Pas barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 65 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar