“Real” yozda oladigan yulduzlar nomi aniq bo‘ldi

  • 28 dekabr, 2024, 16:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Joriy mavsumda “Real” bir necha pozitsiyalarda muammoga duch keldi. Xususan, Karlo Anchelotti himoyaviy o‘yin namoyish qilishda muayyan qiyinchiliklarga ro‘baro‘ bo‘ldi.

Shu bois, “Qirollik klubi” mutasaddilari yozda markaziy yarim himoya va o‘ng qanot himoyasiga yangi ijrochilarni olishni mo‘ljallamoqda.

AS nashrining yozishicha, madridliklar o‘ng qanotga “Liverpul” bilan shartnomasi tugayotgan Trent Aleksander-Argoldni olib keladi. Bu transfer bo‘yicha ish boshlangan. Trent “Liverpul”ga maosh masalasida katta talab qo‘ygan va shu bois klub bilan hamkorligi davom ettirilmasligi mumkin.

“Real” maydon markazini kuchaytirish uchun bir necha nomzodlarni ro‘yxatga oldi. Toni Kroos faoliyatini yakunlaganidan keyin uning o‘rniga yangi tayanch yarim himoyachisi olishga ehtiyoj tug‘ilyapti.

Madridliklar bu pozitsiyada “Bavariya”dan Yozua Kimmix, “Real Sosedad”dan Martin Subimendi, PSJdan Vitinyani mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!