
"Real" yulduzi Alonsoni qoyil qoldirdi
Bir kun avval "Real" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida "Leganes"ga qarshi yopiq o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan edi. Unda Xabi Alonso jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
ESPN nashri xabar berishicha, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappega qoyil qolgan. Jamoa murabbiyiga yulduz frantsiyalik yulduzning mudofaa uchun ishlagani yoqdi.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso "Real"ni yoz boshida qabul qilib olgan edi. Jamoa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, yarim finalga chiqdi.
La Liganing 1-turida "Real" o‘z maydonida "Osasuna"ni qabul qiladi. O‘yin 19 avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar