"Real" yulduzi mushaklarini shikastlab olgani aytilmoqda, klub boshqa ma’lumot taqdim etyapti

  • 30 noyabr, 2021, 16:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Eden Azarning maydonga qaytish muddati yana cho‘zilishi mumkin.

Tecno

"Goal.com" xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi mushaklaridan jarohat olgan. Biroq madridliklar bu haqda e’lon qilmaslikka qaror qilgan. "Qaymoqranglilar" o‘z yulduzining yo‘qligini boshqacha izohlamoqda.

Avvalroq, Azar gastroenterit tufayli bir necha haftaga safdan chiqqani ma’lum qilingandi. OAV esa, muammo faqat bunda emasligi va Eden yana bir marta oyoq mushaklarini shikastlab olganini ta’kidlayapti.

Azar joriy mavsum "qirollik klubi" tarkibida 11 uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!