“Real” yulduzi o‘ziga Angliyadan klub sotib oladi

  • 15 aprel, 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” yulduzi Luka Modrich futbolga sarmoya kiritishga qaror qildi. Xorvatiyalik “Oltin to‘p” sohibi Angliya Chempionshipida ishtirok etayotgan “Suonsi” klubini xo‘jayinlari qatoriga qo‘shiladi.

Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi klub aktsiyalarining bir qismini sotib oladi.

Ayni paytda xaridlar bo‘yicha muzokaralar ijobiy yakunlanish arafasida. Modrich klub egalaridan biriga aylansa-da, bu omil uning “Real”dagi holatiga ta’sir qilmaydi. Tajribali pleymeyker ispan grandidagi faoliyatini davom ettirishni istayapti.

Ta’kidlash joizki, Angliya chepionati Modrichga begona emas. Luka 2008-2012 yillari “Tottenxem” sharafini himoya qilgan va keyin Madridga ko‘chib o‘tgan.

“Suonsi” klubi 113 yillik tarixga ega. Bu klub 1912 yili tashkil etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!