“Real” yulduzi raqib tomonga o‘tadigan bo‘ldi

  • 7 mart, 2022, 14:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachisi Isko mavsum yakunlanishi bilan La Liganing boshqa jamoasiga o‘tadigan bo‘ldi.

Tecno

SPORT nashrining xabar berishicha, Isko “Sevilya” bilan kelishuvga erishgan va yozda aynan mana shu jamoaga borib qo‘shiladi. Mohir futbolchi “Sevilya”ga o‘tish uchun maoshining keskin pasayishiga rozi bo‘lganligi aytilmoqda.

Qiziq tomoni shundaki, “Borussiya Dortmund”, “Vest Xem” va “Milan” Iskoga jiddiy qiziqish bildirib, unga “Real”nikiga yaqin shartlar ko‘rsatilgan shartnoma taklif qilgandi. Lekin ispan futbolchisi o‘z yurtida qolishni ma’qul topdi.

29 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 marotaba maydonga tushdi. U “Real”ga kelganidan beri jami 350 ta bellashuvda qatnashib, 53 ta gol va 56 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!