
“Real” yulduzi tanqidlar tufayli termadan ketmoqchi
“Real” himoyachisi Antonio Ryudiger Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashni istayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bunga 31 yoshli futbolchi e’lon qilgan suratni diniy tanqid qilib, uni keskin tanqid qilayotganlar soni ko‘payib borayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqa. Bu haqda Madrid Universal nashri xabar tarqatdi.
Avvalroq, germaniyalik taniqli jurnalist Yulian Rayxelt ham fotosuratni sharhlab, mashhur o‘yinchi ta’qiqlangan tashkilotga tegishli imo-ishoralarni ishlatganini iddao qilgan edi.
Antonio Ryudiger Germaniya terma jamoasida 2014 yildan beri o‘ynab keladi. Tajribali himoyachi hozirgacha xalqaro maydonda 74 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari uchta gol va to‘rtta assist qayd etgan.
Fikrlar