
“Real” yulduzining bozori chaqqon
“Real” tarkibidagi eng yoshi katta o‘yinchi – Luka Modrichning bozori qaynab ketdi. Xorvatiyalik yarim himoyachining “Qirollik klubi” bilan amaldagi kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi.
Madridliklar o‘z an’analariga qarshi borgan holda 36 yoshli o‘yinchi bilan bitimni yana bir yilga uzaytirmoqchi.
Shunga qaramay, Modrichga Angliya premer-ligasida jiddiy takliflar bor. Avvalroq, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uni o‘z jamoasiga chorlayotgani haqida ma’lumotlar chiqqan edi.
Endi Antonio Konte Modrichni “Tottenxem”ga qaytishga chorlayapti. Luka Madridga ketgunga qadar 2008-2012 yillar davomida London klubi sharafini munosib himoya qilgan.
Modrich joriy mavsumda 20 marta maydonga tushib, beshta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar