
“Real”da ham katta tozalash bo‘ladi
“Real” rahbariyati qishki transferlar vaqtida bir necha futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Marca nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” birinchi bo‘lib hujumkor futbolchi Garet eyl va pleymeyker Isko bilan xayrlashmoqchi.
Klub xo‘jayinlari agar tajribali himoyachi Marselo ketishni ixtiyor etsa unga ruxsat berishga tayyor.
Bundan tashqari, madridliklar Mariano Dias, Luka Yovich va Eden Azar bo‘yicha har qanday takliflarni ko‘rib chiqishga rozi.
“Real” yanvar oyida katta transferlarga qo‘l urmoqchi emas. Ular yozgacha bosh murabbiy Karlo Anchelottiga kerak bo‘lmagan o‘yinchilardan qutilib, yozgi transferlar davrida katta xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar