"Real"da Kamavinga asosiy tarkibdan tushib qolishi mumkin
Madridning "Real" klubi chorshanba kuni Chempionlar ligasi 1/4 final javob oʻyinida Myunxenning "Bavariya"siga qarshi maydonga tushadi.
Birinchi oʻyinda "qaymoqranglilar" oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlub boʻlgani uchun jamoaga gʻozal kambek uchun gʻalaba zarur.
"Diario AS" maʼlumotiga koʻra, muhim uchrashuv oldidan "Real"da yarim himoyachi Eduardo Kamavinga boʻyicha shubhalar paydo boʻlgan. Uning soʻnggi oʻyinlarda, jumladan "Jirona"ga qarshi bahsdagi oʻyini murabbiylar shtabiga unchalik yoqmagan.
Shu sababli fransuz futbolchisi hatto Orilen Tchuameni diskvalifikatsiyada boʻlishiga qaramasdan, asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotishi mumkin.
"Bavariya" – "Real" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Juftlik gʻolibi yarim finalda PSJ yoki "Liverpul"ga qarshi oʻynaydi.

Fikrlar