“Real”da o‘ynagan yulduz “Barselona”ga o‘tmoqchi

  • 15 may, 2023, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida ikki ashaddiy raqobatchi – “Barselona” va “Real”da o‘ynagan futbolchilarning raqib tomonga o‘tishi kam kuzatiladigan holat.

Tecno

Biroq. Ilgari “Real”da o‘ynagan argentinalik Anxel di Mariya yozda kataloniyaliklar safiga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Jahon chempioni bo‘lgan Anxel di Mariya hozir “Yuventus” futbolchisi hisoblanadi. U yozda A Seriyadan ketmoqchi. Tuttosport nashri jurnalistlari argentinalik yulduzning keyingi jamoasi “Barselona” bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

“Barselona” ayni paytda chap qanotga hujumkor futbolchi qidiryapti. Di Mariya mana shu pozitsiyada faol o‘ynaydi. Qolaversa, 35 yoshli o‘yinchi yozda erkin agentga aylanishi transfer ehtimolini oshirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!