"Real"dagi braziliyaliklar soni yana bittaga ko‘payadi
Braziliyaning "Fluminense" klubi hujumchisi Pedro Gilerme faoliyatini "Real" Madridda davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferi “qirollik klubi”ga 30 mln evroga tushishi aytilmoqda. Ushbu transfer mavsumlar oralig‘ida amalga oshirilishi mumkin.
“Biz “Real” bilan kelishuvga erishdik. Endi faqatgina shartnoma imzolanishi qoldi xolos”, - deydi futbolchining agenti Marsio Juno.
Ma’lumot uchun, Gilerme “Fluminense” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar