
"Real"dagilar Vinisius qolishiga shubha qilishmoqda
"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi hanuz muhokamalarda qolmoqda. "The Athletic" nashrida payshanba kuni braziliyalik futbolchining holati haqida katta maqola chop etildi. Unda Vinisius atrofidagi odamlar u klub bilan 2029/2030 yilgi mavsum oxirigacha shartnomani uzaytirishga yaqin degan ma’lumotni rad etgani aytilgan.
Materialda "Real"dagi anonim manbaning ichki ma’lumotlari ham keltirilgan. Unga ko‘ra, 2024/2025 yilgi mavsum davomida Vinisius bilan muloqot bo‘lgan va braziliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan tushgan taklif juda ham yoqqan.
"Real Madrid" futbolchilari va xodimlari orasida Vinisius ketishi mumkin degan fikr bor, chunki Saudiyadan tushadigan keyingi takliflar rad etib bo‘lmaydigan darajada bo‘lishi mumkin.
Braziliyalik 24 yoshli vinger joriy mavsum "qirollik klubi" safida 40 ta uchrashuvda 20 ta gol va 14 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning transfer qiymati 200 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar