"Real"dan ketgan Alonso nemis klubini boshqarishi mumkin

  • 18.01.2026 16:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frankfurtnig "Ayntraxt" klubi "Real" va "Bayer" klublarining sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso ni oʻz jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqida Bild xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, "Ayntraxt" sport direktori Markus Kreshe ispaniyalik mutaxassis bilan uchrashib, uning nomzodini muhokama qilmoqchi. Taʼkidlanishicha, Alonso top-klub taklifini kutish uchun bunday variantdan voz kechishi mumkin.

Ispaniyalik mutaxassis  2022-2025 yillarda "Bayer"ni boshqargan. Uning qoʻl ostida Leverkuzen jamoasi Germaniya chempioni boʻldi, mamlakat kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. Oʻtgan yozda Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan, ammo 12 yanvar kuni klubni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!