“Real”dan norozi bo‘layotgan Ramos klubni tark etadi

  • 26.10.2020 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” sardori Serxio Ramos klub faoliyatidan noroziligini bildirdi va shartnomasi yakunlanishi bilan boshqa jamoaga o‘tib ketishni rejalashtirmoqda.

Uning madridliklar bilan amaldagi bitimi yozda nihoyasiga etadi va erkin agent maqomini oladigan 34 yoshli markaziy himoyachiga Evropa grandlarining aksariyati hozirdan shartnoma taklif qilishga tayyorligi aytilmoqda.

Ramosga klub rahbariyatining amaldagi shartnomani faqat bir yilga uzaytirish taklifi ma’qul kelmayapti. Tajribali himoyachi esa ikki yillik kelishuv talab qilyapti.

Agar tomonlar yanvargacha kelishuvga erisha olmasa, Ramosga qiziqayotgan klublar ispaniyalik to‘purar himoyachini bepul qo‘lga kiritadi. Da’vogarlar orasida PSJ va “Yuventus”ning imkoniyati baland hisoblanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!