
“Real”dan voz kechgan futbolchini uchta superklub kutyapti
“Real”ni tark etish arafasida turgan Rafael Varan katta ehtimol bilan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.
“Qirollik klubi”da qolishdan bosh tortgan frantsiyalik himoyachiga “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Manchester Siti” kabi klublar xaridor bo‘lmoqda.
Varanning o‘zi Madriddan ketishi aniq bo‘lsa-da, kelajagi haqida Evropa chempionatidan keyin bosh qotiradi. Hozircha, futbolchi bor e’tiborini Frantsiya terma jamoasi o‘yinlariga qaratishini bildirgan.
Varanning madridliklar bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Shunga qaramay, “Real” 60 million evro atrofida taklif bo‘lsa, frantsiyalik futbolchining ketishiga qarshilik qilmaydi.
Fikrlar