“Real” “Chelsi” yulduziga qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi

  • 30.04.2022 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Marca nashri, yozda “Chelsi”ni tark etib, “Real” safiga qo‘shilishi kutilayotgan Antonio Ryudigerning shartnomasiga oid ma’lumotlarni oshkor qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin germaniyalik himoyachi Madrid klubiga erkin agent sifatida bepul o‘tadi.

“Qirollik klubi” 29 yoshli o‘yinchiga shartnoma imzolagani uchun 8 million evro  bonus to‘laydi. Kelishuvga ko‘ra, Ryudigerning “Real” tarkibidagi har bir mavsumi 9 million evroga baholangan.

Ryudiger joriy mavsumda barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda qatnashib, beshta gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!