"Real"ga nimalar bo‘lmoqda? Asosiy transfer kechiktirildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandning transferini 2022 yilga kechiktirdi, deya yozmoqda AS nashri.

Manbaning xabar berishicha, madridliklar futbolchining agenti Mino Rayola bilan aloqalari yaxshiligidan foydalanib, kelasi yilga forvardni olib kelmoqchi. 

Avvalroq, "qirollik klubi" 20 yoshli Xolandni ushbu yilda xarid qilishi, biroq "Borussiya" futbolchini yana bir mavsum o‘z safida saqlab qolmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2020/21 yilgi mavsumda hujumchi 28ta o‘yinda maydonga tushib, 27ta gol urgan hamda 8ta golga assistentlik qilgan. Uning "arilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!