"Real"ga qarshi o‘yin oldidan "Barsa" muxlislari uchun ajoyib xushxabar! (qaydnoma)

  • 10 yanvar, 2022, 17:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Real" Madrid Ispaniya superkubogi yarim final o‘yinida to‘qnash keladi.

Mazkur bahs uchun kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi qaydnomani e’lon qildi. Undan 24 nafar futbolchi o‘rin egallagan. E’tiborlisi, ro‘yxatga "Barsa"ning jarohat olgani aytilgan 3 vakili - Arauxo, Fati va Frenki de Yong kiritilgan.

Shuningdek, uzoq tanaffusdan so‘ng jamoaga qaytgan Dani Alves ham muhim o‘yinda qatnashishi mumkin. Tomonlarning so‘nggi qarama-qarshiligida "qirollik klubi" "Kamp Nou"da 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozongan edi. 

"El-klassiko" 12-dan 13 yanvarga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. 

photo_2022-01-10_16-00-52

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!