"Real"ga qarshi o‘yin oldidan "Inter" to‘purari safdan chiqdi

  • 02.11.2020 14:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bu haqida "Corriere dello Sport" nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli futbolchi chap oyog‘idagi mushaklarida og‘riq his qilgan. Ayni paytda Lukaku yakka tarzda mashg‘ulot olib boryapti. Belgiyalik futbolchi A Seriya 7-turidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi uchrashuvga qadar safga qaytishi taxmin qilinmoqda.

"Neradzurri"larni 3 noyabr kuni "Real"ga qarshi bahs kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!