
"Real"ga qarshi o‘yinga "Alaves"ni yangi bosh murabbiy tayyorlaydi
"Alaves" Aser Garitanoning bo‘shab qolgan bosh murabbiylik kursisini mavsum so‘nggigacha Xuan Ramon Munis egallashi haqida rasmiy ma’lumot berdi.
O‘tgan mavsumda "Malaga"dan iste’foga chiqarilgan Munis joriy mavsumni erkin agent sifatida o‘tkizayotgan edi.
Endi "Real"ga qarshi 10 iyulda bo‘lib o‘tadigan bahsga "Alaves" yangi bosh murabbiy qo‘li ostida tayyorgarlik ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, La Liga 34-turidan so‘ng, "Alaves" turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar