
"Real"ni mag‘lub etishga eng yaqin kelgan jamoa qaysi?
Maurisio Pochettino "Real" Madrid bilan nimchorak finalda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni esladi.
"Chempionlar ligasi har doim PSJning asosiy maqsadidir. "Real" 1/8, 1/4 va 1/2 finallarda raqiblarini qanday taslim qilganiga e’tibor bersangiz, ularni mag‘lub etishga eng yaqin kelgan klub biz edik.
Chindan ham biz g‘alabaga loyiq edik, ammo bizga biroz omad etishmadi. Shunday bo‘lsa-da eng muhimi taslim bo‘lmaslik va oxirigacha harakat qilish.
Chiqib ketganimizdan so‘ng qiyin o‘yinlar o‘tkazdik va Frantsiya chempionatida g‘olib bo‘ldik. Buni alohida ta’kidlab o‘tish kerak", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar