“Real”ni to‘rtta “el klasiko”da er tishlatgan Flik nimalar dedi?

  • 12.05.2025 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatining 35-turida musobaqa jadvalida dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan “Barselona” va “Real” o‘zaro kuch sinashdi.

Gollarga boy bo‘lgan bahsda mezbonlar madridliklar ustidan 4:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Bellashuvdan keyin “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “el klasiko”dagi to‘rtinchi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

- “El klasiko”larning to‘rttasida g‘alaba qozonganimiz muxlislar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Endi biz oldindagi uchrashuvlarni o‘z foydamizga hal qilishga e’tibor qaratishimiz shart.

Menga har doim ham quvonavermayman, lekin jamoam ko‘rsatayotgan o‘yin yoqyapti. Futbol xatolardan iborat. Bizning vazifamiz shu kamchiliklarni minimal darajaga tushirish, - dedi Xans Diter Flik.

Chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida kataloniyaliklar 82 ochko to‘plagan holda eng yaqin ta’qibchi “Real”ni etti ballga ortda qoldirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!