"Real"ni yutgan "Sherif" bosh murabbiyi SPORTS.UZ muxbiriga qo‘ng‘iroq qildi...

  • 1 oktabr, 2021, 06:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yuriy Nikolaevich Vernidub! Endi bu murabbiy yanada mashhurlikka erishyapti. Biz uni ilgari Soligorskning “Shaxtyor” klubida ishlayotganida yaxshiroq taniganmiz. Chunki u erda Jasur Yaxshiboev uning jamoasida o‘ynardi. Shuning uchun o‘sha paytda bizda Vernidub bilan suhbatlashish ishtiyoqi paydo bo‘lgandi. Ammo keyinchalik Yaxshiboev u erdan ketgach, bosh murabbiy bilan intervyu olishga biroz beparvolik qilib qolganimizni tan olamiz.

Tecno

So‘ngra, Yuriy Nikolaevichni Moldovaning “Sherif” klubida ish boshlaganini eshitdik. Oradan ko‘p o‘tmasdan u yana Yaxshiboevni o‘z jamoasiga olib keldi. Madridda “Santyago Bernabeu”da Jasurning urgan goli va “Sherif”ning g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shgani uchun Vernidub o‘zbek futbolchisini bejizga chaqirmaganini tushundik.

“Real”ga qarshi o‘yin tugashi bilanoq bizda yana bir bor ukrainalik Yuriy Nikolaevich bilan suhbatlashish ishtiyoqi kuchaydi va shu zahoti uni jiddiy ravishda qidirishga tushdik. Urinishlarimiz esa juda tez amalga oshdi. O‘yinning ertasiga Vernidubga qo‘ng‘iroq qildik. Chindan ham o‘zi...

- Xayrli kech, Yuriy Nikolaevich, bu sizmi?

- Ha, Yuriy Nikolaevichman, adashmadingiz...

- Sizni O‘zbekistondan, Sports.uz saytidan bezovta qilyapmiz. “Sherif”ning “Real” maydonida qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan sizni o‘zbekistonliklar nomidan tabriklayman. Bizda barcha muxlislar jamoangizning g‘alabasidan juda xursand...

- Tabrik va e’tibor uchun katta rahmat. Kishinyovga endigina keldik, hozir yo‘lda ketayotgandim. Maylimi, ertaga kechki payt shu vaqtda gaplashsak?

- Ha, albatta, kelishdik....

vernidub

Xullas, Yuriy Nikolaevich bilan birinchi kungi kichik tanishuv shunday yuz berdi. Unga o‘zimizni tanishtirishimiz bilanoq o‘zi ham maqsadimizni darhol tushundi.

Rejaga ko‘ra, ertasiga u bilan aloqaga chiqdik. Ammo dastlabki urinishlarimiz foyda bermayotgandi. Aytilgan vaqtdan ham biroz o‘tib ketdi. Qo‘ng‘irog‘imiz javobsiz qolgach, sms yozdik. Ishi ko‘pligi uchun vaqti bo‘lmayotganini ham his qilib turgandik, natijada undan javob kelishini kuta boshladik. Bu paytda “Zarya” hamda “Roma” ishtirokidagi o‘yinni ko‘rayotgandik. Shunda telefon jiringladi, bu Yuriy Vernidub edi...

- Alo, endi bo‘shadim, hozir “Zarya” bilan “Roma”ning o‘yinini ko‘rib o‘tiribman. Savollaringiz bo‘lsa bering...

Shunday qilib, futbol tarixiga kirgan Yuriy Nikolaevich bilan saytimiz uchun eksklyuziv suhbat uyushtirdik. Tez orada Vernidub bilan qiziqarli suhbatni o‘qishingiz mumkin. Sports.uzdan uzoqlashmang!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 22:33
Сўҳбат қани акалар??? Зўр иштиёқ билан ўқиб келсам у тугаб қолдику.
Ё сизлар ҳам Зария-Рома учрашувини кўрмоқдамиз. Ватандошимиз Элдор ўйнаябди, бандмиз деб атказ қилдингларми???
Тезроқ сўҳбатни берингларда, Дилшод Каттабеков деганларидек "интерига" қилмасдан...
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 22:33
Сўҳбат қани акалар??? Зўр иштиёқ билан ўқиб келсам у тугаб қолдику.
Ё сизлар ҳам Зария-Рома учрашувини кўрмоқдамиз. Ватандошимиз Элдор ўйнаябди, бандмиз деб атказ қилдингларми???
Тезроқ сўҳбатни берингларда, Дилшод Каттабеков деганларидек "интерига" қилмасдан...
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 22:33
Сўҳбат қани акалар??? Зўр иштиёқ билан ўқиб келсам у тугаб қолдику.
Ё сизлар ҳам Зария-Рома учрашувини кўрмоқдамиз. Ватандошимиз Элдор ўйнаябди, бандмиз деб атказ қилдингларми???
Тезроқ сўҳбатни берингларда, Дилшод Каттабеков деганларидек "интерига" қилмасдан...