"Real"ning asosiy transfer nishoni kim?

  • 27 dekabr, 2019, 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" Madrid klubi yozgi transferlar davrida bor e’tiborini "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisni sotib olishga qaratadi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Ruisga garchi "Barselona" va "Manchester Siti" kabi jamoalardan takliflar tushgan bo‘lsada, u baribir “qirollik klubi”ni tanlaydi.

Bundan avvalroq esa "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Ruisni 180 million evroga sotmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar neapolliklar EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmasa, bu narx yanada pasayishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!