"Real"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma’lum

  • 17 sentabr, 2022, 15:59
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid hujumchisi Vinisius Junior jamoaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

22 yoshli braziliyalik o‘tgan oy to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

“O‘zimni bu mavsumda juda yaxshi his qilyapman va juda hayajondaman. Men bu mavsum avvalgidek yoki undan ham yaxshiroq bo‘lishini xohlayman. Ishonchiim komilki, men o‘z o‘yinimni yaxshilayda davom etaman", - deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

"Bizni yakshanba kuni ajoyib derbi kutib turibdi. Ushbu bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", - deya qo‘shimcha qildi braziliyalik futbolchi.

18 sentyabr kuni “Real” safarda “Atletiko” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!