
“Real”ning bir guruh o‘yinchilari Zidan iste’fosini talab qilyapti
Mavsumni barqaror o‘tkaza olmayotgan “Real”da ichki muhit buzilib, inqiroz boshlangan ko‘rinadi. Bir guruh futbolchilar muvaffaqiyatsizliklarda bosh murabbiy Zinedin Zidanni ayblamoqda.
Ayni paytda jamoa a’zolarining yarmi frantsiyalik murabbiy iste’fosini talab qilyapti. Ular boshqa murabbiy bilan jamoa yaxshiroq natija qayd etishiga ishonmoqda. Ikkinchi guruh esa, Zidanga ishonch bildiryapti.
La Ligada chempionlik unvonini munosib himoya qila olmayotgan “Qirollik klubi” Chempionlar ligasida guruhda qolib ketishi mumkin. Shunga qaramay, klub rahbariyati Zidanga to‘la ishonishini bildirgan.
Fikrlar