
"Real"ning EChL doirasidagi "Inter"ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e’lon qilindi (foto)
14 sentyabr kuni Evropa Chempionlar ligasi yangi mavsum guruh bosqichi o‘yinlariga start beriladi.
"D" kvarteti etakchilari "Real" va "Inter" dastlabki turda o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur o‘yin uchun "qirollik klubi"ning qaydnomasi e’lon qilindi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin egalladi.
Ma’lumot uchun, mazkur jamoalar o‘tgan yili ham Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘qnash kelgan va har ikki bellashuvda madridliklar g‘alaba qozongan edi. Bu safargi bahs 14-dan 15 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar